#24_TAVSIYA_IJROSI
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi
🇺🇿Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputati Sh.Axunova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov tomonidan Fargʻona shahridagi “Chekshura” mahalla fuqarolar yig‘inida (MFY raisi Gʻ.Gʻofurov ishtirokida) aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
➡️ O‘rganish jarayonida deputat Sh.Axunova va O.Mirzakarimov mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosidan kelib chiqqan holda, "Chekshura" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladilar.
✅ Xususan, muloqot chog‘ida hududdagi mavjud muammolar, jumladan, mahalla ichki koʻcha yoʻllarining holati hamda koʻchalarni tunda yoritish tizimini yaxshilash masalalari alohida e'tibor bilan o‘rganib chiqildi.
📌 Shuningdek, uchrashuv davomida ko‘tarilgan ushbu masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olindi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi
"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"
✅ Telegram |✅ Facebook | 📱 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz