35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
QAROR IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Charog‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
#doimiy_komissiya 📢 E’LON
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.
янв.21
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati K. Djumanazarova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan Yuqoriovul MFY hududida aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari va mavjudligi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati K. Djumanazarova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan Yuqoriovul MFY hududida aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari va mavjudligi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida savdo nuqtalaridagi asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlar barqarorligi, mahsulotlarning yetarliligi, savdo sharoitlari hamda aholiga qulayliklar atroflicha tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, ayrim mahsulotlar narxining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, talab va taklif holati hamda aholining murojaatlari o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.

🎯 Mazkur deputat nazoratidan asosiy maqsad — aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish, savdo sharoitlarini yaxshilash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 4