35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.
янв.21
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 32-sessiyasida shahar hududida chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlar muhofazasi deputatlik nazoratida
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Ekologik konsepsiya ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Ipak yo‘li ko‘chasidagi yo‘l qoplamasi deputatlik nazoratiga olindi
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlari o'rganildi

Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlari o'rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Arg‘in-Sada” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ijtimoiy ko‘makning manzilliligi o‘rganildi.

🖇O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatayotgan xizmatlari, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

📖Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash holati ham ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning murojaatlari, oilalarning ijtimoiy sharoiti va ehtiyojlari asosida tegishli ko‘mak choralarini ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3