35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini bevosita joyida o‘rganish maqsadida belgilangan 24 ta muhim tavsiya asosida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
DARSLIKLAR TA’MINOTI NAZORATDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
HAFTALIK FAOLIYAT TAHLIL QILINIB, NAVBATDAGI VAZIFALAR BELGILANDI

HAFTALIK FAOLIYAT TAHLIL QILINIB, NAVBATDAGI VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan kotibiyat xodimlari ishtirokida o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud kamchiliklarni tahlil qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishlashni talab etayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida ushbu hafta uchun ustuvor vazifalar belgilanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2