FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBORDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan Temiryo‘l mahallasi fuqarolarining murojaati tinglandi.
Murojaat davomida nogironligi bo‘lgan fuqaroning mavjud ehtiyoj va muammolari eshitilib, masalani atroflicha o‘rganish, fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda zarur amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
📌 Har bir murojaat — e’tibor va mas’uliyatni talab qiladigan masala. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik va zarur ko‘makni ko‘rsatish muhim vazifalardan biridir.
Xalq bilan muloqot — muammoni eshitishdan boshlanadi, uning yechimi esa amaliy harakatda namoyon bo‘ladi.