Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bekobod tumanida aholi uchun yana bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Quvonarlisi, “Oqtepa” va “Parchayuz” mahallalarida bunyod etilgan yangi, zamonaviy mahalla binolari foydalanishga topshirildi. 🏢✨
🎉 Yangi binolarning ochilish marosimida Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov hamda deputat B.Jo‘rayev ishtirok etib, mahalla faollari va yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ voqea bilan samimiy muborakbod etdilar.
🏘 Zamonaviy mahalla binolari barcha zarur sharoit va qulay imkoniyatlarga ega bo‘lib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlash hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratadi.
✨ Obod mahalla — xalq farovonligi va yurt taraqqiyotining muhim ko‘zgusi!