35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Zuhro mahallasida obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida
янв.21
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputatlik nazoratida
янв.21
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Kuni kecha boʻlib oʻtgan Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasiga qisqacha sharx.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
#Chinoz_tumani MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ–100-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanining “Beshkapa” MFY hududida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabi binosini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlarning borishi Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov, deputatlar Mirsoat Mirsodiqov va Olimjon Dadajonov, shuningdek, Chinoz tumani hokimligining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘limi bosh mutaxassisi D.G‘ulomov tomonidan o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

🏗 Qurilish jarayonida bino fasadini yangilash, tashqi devorlarni issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplash, deraza va eshiklarni yangilash, kirish qismi hamda zinapoyalarni ta’mirlash, shuningdek, binoning umumiy texnik holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

🌡 Ta’mirlash ishlarining muhim yo‘nalishlaridan biri — maktab binosining energiya samaradorligini oshirish, issiqlik yo‘qotishlarining oldini olish va o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun qulay harorat sharoitlarini yaratishdan iborat.

👷 Obyektda ayni paytda 20 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlari “RIZO” MChJ pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda.

📅 Obyektni foydalanishga topshirish muddati — 2026-yil IV chorak etib belgilangan. Qurilish ishlarini belgilangan muddatda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Deputatlar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, ish hajmlarining to‘liq bajarilishi, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda obyektning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishi nazoratga olindi.

🏫 Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlangach, maktab binosining moddiy-texnik holati yaxshilanib, o‘quvchilar va pedagoglar uchun zamonaviy, xavfsiz, qulay va energiya tejamkor ta’lim muhiti yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 5