35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Zuhro mahallasida obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida
янв.21
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputatlik nazoratida
янв.21
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Kuni kecha boʻlib oʻtgan Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasiga qisqacha sharx.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA GO‘DAKLAR HAMDA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR OZIQLANISHINI HIMOYA QILISH

ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA GO‘DAKLAR HAMDA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR OZIQLANISHINI HIMOYA QILISH

O‘zbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 23-oktabrda O‘RQ-574-son bilan qabul qilingan.

📌Mazkur Qonun ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning sog‘lig‘i hamda manfaatlarini himoya qilish, ular uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilashga qaratilgan.

🔹 Qonunning asosiy yo‘nalishlari:
• ona suti bilan oziqlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
• go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash;
• bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muomalaga chiqarish va iste’molchilarga yetkazish bilan bog‘liq talablarni belgilash;
• ota-onalar va aholini bolalarni sog‘lom oziqlantirish masalalari bo‘yicha xabardor qilish;
• davlat organlari va tashkilotlarning ushbu sohadagi vakolatlari hamda mas’uliyatini belgilash;
• xalqaro talablar va sog‘liqni saqlash standartlariga muvofiqlikni ta’minlash.

👶 Sog‘lom va to‘g‘ri oziqlanish — bola salomatligi va barkamol rivojlanishining muhim omilidir. Shu bois bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda ota-onalar o‘rtasida huquqiy va tibbiy-ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

🏛 Mazkur qonun targ‘iboti doirasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Abdukayumov Abdumannop Abdumadjitovich tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

📌 Qonun — sog‘lom avlod, xavfsiz oziq-ovqat va farovon kelajak uchun muhim huquqiy kafolatdir.

Slide 1 of 1