Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ko‘chadagi mavjud muammolar joyida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Ko‘kcha” ko‘chasiga tosh yotqizish masalasi ko‘tarildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi. Murojaatning ijobiy hal etilishi deputat tomonidan nazoratga olindi.