Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati ko‘zdan kechirildi.
Hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holatiga e’tibor qaratilib, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish, mahallada tozalikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari o‘rganildi.