35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
TADBIRKORLIK LOYIHALARI VA AHOLI BANDLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari D. Djumboyeva va N. Alimovalar tomonidan Shahar energetika texnikumining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔗O‘rganish davomida texnikumning o‘quv xonalari, amaliyot xonalari, ma’muriy binolari hamda mavjud moddiy-texnik bazasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

⬆️Shuningdek, o‘quv xonalarining jihozlanganligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari, elektr hamda isitish tizimlarining texnik holati o‘rganildi.

📶O‘rganish jarayonida isitish tizimida foydalanilayotgan qozonlarning texnik holati talab darajasida emasligi va ularni yangilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur qozonlarni zamonaviy, energiya tejamkor va xavfsizlik talablariga javob beradigan qozonlarga almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish tavsiya etildi.

💡O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, texnikumning 2026–2027-o‘quv yiliga puxta va sifatli tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2