35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
TADBIRKORLIK LOYIHALARI VA AHOLI BANDLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosi va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

💬Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining kotibiyati haftalik ish rejasiga ijrosi yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Jayhun” mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning bugungi kundagi faoliyatini o‘rgandilar.

💬O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash tizimining amaliy holatini tahlil qilish, ijtimoiy xodim zimmasiga yuklatilgan vazifalarning qay darajada bajarilayotganini aniqlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini baholashdan iborat.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim bilan maxsus savolnomalar asosida suhbat o‘tkazilib, uning kundalik faoliyati, fuqarolar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli xizmatlarga yo‘naltirish borasidagi ishlari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni hamda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son Qonuni asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi.
Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini baholash, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, mavjud ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumot berish, zarur hollarda fuqarolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ijtimoiy xizmatlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu sababli o‘rganish davomida mahallada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ham tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy xodimning mahalla faollari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligi, fuqarolarning muammolarini hal etishda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ehtiyojmand aholini ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish masalalari yuzasidan ham suhbat olib borildi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, uning natijalari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish davomida aniqlangan holatlar umumlashtirilib, qonunchilik talablari ijrosini yanada ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli xulosalar shakllantiriladi.