35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
янв.21
“MAHALLABAY” ISHLASH, IMKONIYAT VA ZAXIRALAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
MARG‘ILONLIK DEPUTATGA YUKSAK E’TIROF
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 👥 Deputat va mahalla faollari uchrashuvi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli hamda mahalla ijtimoiy xodimi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida deputatlik faoliyatining 24 ta yo‘nalishi yuzasidan batafsil fikr almashildi. Xususan, deputatning saylov okrugi hududidagi faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi manfaatlarini ifodalash va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, mahallada ijtimoiy masalalarni o‘rganish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda deputatning vakolat va imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

💬 Uchrashuv davomida mahalla faollari tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, ularni o‘rganish hamda tegishli tartibda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Xalq bilan muloqot — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir!

Slide 1 of 4