Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
Shuningdek, Xidoyat mahallasi ko‘chaboshisi A.Subxonov tomonidan Xidoyat ko‘chasining 1 kilometr qismidagi elektr tarmog‘i
kabellarining eskirgani va ularni yangisiga almashtirish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur masala yuzasidan Elektr ta'minoti korxonasi bosh muhandisi E.Matyoqubov tomonidan tushuntirish berilib, ushbu hududdagi eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanganligi hamda muammoni yaqin kunlarda bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi ma'lum qilindi. Mazkur masala deputatlik daftariga qayd etilib, deputat nazoratiga olindi.