35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kitob — bilim va ma’naviyat manbai

Kitob — bilim va ma’naviyat manbai

Aholi va yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kutubxonalar imkoniyatlaridan unumli foydalanish har bir jamiyatning eng muhim vazifalaridan biridir.
Bugun Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Ernazarov hamda S.Rustamovlar tuman markazidagi Axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida vakillarimiz kutubxonaga rasman a’zo bo‘lib, bu yerda saqlanayotgan boy kitob fondi, mavjud adabiyotlar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
«Kitobga bo‘lgan muhabbat — bu shaxsiy va kasbiy rivojlanishning bosh omilidir. Kutubxonalar esa shunchaki kitob saqlanadigan joy emas, balki yangi g‘oyalar va bilimlar chorrahasidir», — deydi mutaxassislar.

Slide 1 of 15