35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHIB, HUDUDDAGI DOLZARB MASALALARNI O‘RGANDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MUROJAATNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR KOTIBIYATLARI FAOLIYATI CHUQUR TAHLIL QILINDI
янв.21
#deputat_nazorati #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
янв.21
QAROR IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov tomonidan “Oxshix” mahallasi saylovchilarining ichki yo‘llarni shag‘allashtirish bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganildi.
✔️O‘rganishlar davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ichki yo‘llarning nosoz holati transport qatnovi va fuqarolar uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Deputat so‘rovida “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini tashkil etish hamda mazkur masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish so‘ralgan. Ushbu murojaat ijrosi deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish yo‘lida amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2