35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
TADBIRKORLIK LOYIHALARI VA AHOLI BANDLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛️ Deputat va mahalla yettiligi: hamkorlik yo‘lida navbatdagi uchrashuv

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva “Do‘stlik” mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

📌 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, fuqarolarni qiynayotgan muammolar, aholi murojaatlari hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

🏘️ Mahalla yettiligi vakillari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ehtiyojlari va dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🗣️ Deputat S. To‘rayeva fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolar yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

✅ Muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla obodonchiligi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish va belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

🌱 Deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3