35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI ASOSIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#deputat_nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Z. Domilayev olib bordi.
янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHIB, HUDUDDAGI DOLZARB MASALALARNI O‘RGANDI
Jismoniy tarbiya va sport — sog‘lom jamiyat poydevori!

O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni fuqarolarning sport bilan shug‘ullanish huquqlarini kafolatlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda sport sohasini izchil rivojlantirishning muhim huquqiy asosidir.

Mazkur Qonunga muvofiq, har bir fuqaro jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, sport inshootlaridan foydalanish, sport ta’limi olish hamda musobaqalarda teng imkoniyatlar asosida ishtirok etish huquqiga ega.

Qonun sport infratuzilmasini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, bolalar va yoshlarni sportga keng jalb etish, sport orqali sog‘lom va faol turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Sog‘lom avlodni tarbiyalash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish — jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlod salomatligining muhim omilidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi