35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Qonun_targʻiboti
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya eшituvi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
#qonu_targʻiboti Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova va ekspert-maslahat guruhi a’zosi, Nuroniy jamg‘armasi shahar boʻlimi boshligʻi S.Toshpo‘latov ishtirok etdilar.
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini xolis, shaffof va halol bajarishini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishdan iborat. 

Qonunga muvofiq, manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va vijdonan bajarishiga ta'sir qilayotgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek shaxsiy manfaat bilan davlat, jamiyat, fuqarolar yoki tashkilotlarning qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatdir. 

Mazkur Qonun:

- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- davlat muassasalari va davlat unitar korxonalariga;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga;
- ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Qonun bilan quyidagi muhim talablar belgilangan:

- davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ichki tizimni joriy etish;
- xodimlarning ehtimoliy va mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqida belgilangan tartibda deklaratsiya va xabarnoma taqdim etishi;
- manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda uni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- manfaatlar to‘qnashuvini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish;
- manfaatlar to‘qnashuvi talablarini buzgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarligini ta'minlash. 

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki tashkiloti xodimi ishga kirishda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda hamda shaxsiy ma'lumotlari o‘zgarganida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda esa bu haqda bir ish kuni ichida bevosita rahbariga yoki mas'ul bo‘linmaga yozma ravishda xabar berishi shart. 

Mazkur Qonun davlat boshqaruvida ochiqlik, xolislik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.