35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Qonun_targʻiboti
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya eшituvi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
#qonu_targʻiboti Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova va ekspert-maslahat guruhi a’zosi, Nuroniy jamg‘armasi shahar boʻlimi boshligʻi S.Toshpo‘latov ishtirok etdilar.
"BIO TEXNO EKO" MCHJ faoliyati "Chiqindilar to‘g‘risida"gi Qonun doirasida tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shaharda chiqindilarni yig‘ish va tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “BIO EKO TEXNO” MCHJda bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

💼MCHJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-sonli “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, maxsus ishlab chiqilgan tahliliy savolnomalar yuzasidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬Xususan, savolnomalar orqali quyidagi muhim yo‘nalishlar baholandi:

🟢Chiqindilarni olib chiqish jadvali: Mahallalarda maishiy chiqindilarni tasdiqlangan grafiklar asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi, maxsus texnikalarning yetarliligi va yo‘nalishlar (logistika) qamrovi;

🟢Utilizatsiya va qayta ishlash: Chiqindilarni saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash hamda ekologik xavfsiz poligonga joylashtirish talablariga rioya etilishi;

🟢Sanitariya va gigiyena talablari: Chiqindi to‘plash shaxobchalari va texnikalarning sanitariya qoidalariga muvofiqligi, chiqindilarning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish choralari;

🟢Aholi bilan ishlash tizimi: Fuqarolar bilan shartnomalar tuzish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish, to‘lov tizimlarining shaffofligi va billing tizimining ishlash darajasi.

💬Deputatlar korxonaning maxsus texnikalari holati, xodimlarning ish yuklamasi hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimini o‘rgandilar. Ba’zi mahallalarda chiqindilarni olib chiqish grafiklarining buzilishi va bu borada aholining haqli e’tirozlari yuzaga kelayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

💬"Chiqindilar to‘g‘risidagi Qonun talablariga rioya etish har bir hududning sanitariya-epidemiologik barqarorligini belgilab beradi. 'BIO EKO TEXNO' MCHJ tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati har bir mahallamizda va har bir xonadonda amalda sezilishi shart. Chiqindi to‘plash shaxobchalari tozaligi va texnikalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash korxona rahbariyatining bosh vazifasidir," — deya ta'kidladi deputat.

🫥O‘rganish yakunida aniqlangan uslubiy va texnik kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, mahallalarda chiqindilarni olib chiqish grafiklarini optimallashtirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha korxona rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Tahlil natijalari doimiy komissiya muhokamasiga kiritilishi belgilab olindi.
Slide 1 of 4