Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma toʻqqizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma toʻqqizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma toʻqqizinchi sessiyasi bugun soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
#deputat_nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvaliga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat S.Azizov tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
KELGUSIDAGI USTUVOR VAZIFALAR
янв.21
📊 2026 YILNING 6 OYLIK FAOLIYATI SARHISOBI
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov raisligida o‘tkazilgan sessiyada "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

📋 Qaror bilan mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib jamg‘arma mablag‘larini qayta taqsimlash ma’qullandi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ularni zarur texnik vositalar bilan ta’minlash, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

🤝 Bundan tashqari, deputatlarga o‘z saylov okruglarida ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish holatini doimiy monitoring qilib borish hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Kengashga taklif va axborotlar kiritib borish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1