Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
#deputat_nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvaliga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat S.Azizov tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
KELGUSIDAGI USTUVOR VAZIFALAR
янв.21
📊 2026 YILNING 6 OYLIK FAOLIYATI SARHISOBI
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
qonun_targʻiboti O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi O‘RQ-674-I-son “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi hamda yo‘lovchilar va yuklarni tashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
янв.21
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugi deputati Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkaziladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni (2001-yil 30-avgust, 269-II-son) madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda kelajak avlodlarga bezavol yetkazishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 39-sessiyasi o'tkazildi

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 39-sessiyasi o'tkazildi

Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.

🗓 Sessiya kun tartibida 10 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

1️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman prokurorining 2026-yil 1-yarim yillikda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalari yuzasidan axborot  to‘g‘risida;

2️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining  2026-yilning 6 oy yakuni bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

3️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida;

4️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining 2026-yilning I-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

5⃣ Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” MFY hududida “Orom” dam olish maskanida mavjud futbol o‘yingohini rekonstruksiya xisobiga 1 600 o‘rinli tomoshalar uchun o‘rindiqlar (amfiteatr) tashkil qilish, aholi dam olish maskanlari, istiroxat bog‘i tashkil etish markaziy o‘yingoxning o‘rindiqlarining old qismini ximoya temir panjara (perila) bilan o‘rash, “Orom” istiroxat bog‘i hududiga qo‘shimcha ish turi sifatida oqova suv quvurlari va sug‘orish tizimini loyiha hujjatlariga kiritish , favvora qurish ishlari bo‘yicha ish turlarini o‘zgartirish, qo‘shimcha ish turlarini belgilash va amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta xujjatlari to‘g‘risida;

6⃣ Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining 2026-yilning 6 oyi davomida hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti;

7⃣ Yoshlar ishlari agentligi Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

8⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  rahbarligida 2024-yil 20-fevral kuni “Ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha vazifalar to‘g‘risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 12-sonli bayonining tumandagi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

 9⃣ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;

🔟 Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 18-fevral VII-8-29-10-133-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

Sessiya kotibi etib 3-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbonov Alisher Ergashovich saylandi.

✍️ Qabul qilingan qarorlar "E-Kengash.gov.uz" saytida e'lon qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👇👇👇
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 10