Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
#deputat_nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvaliga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat S.Azizov tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
KELGUSIDAGI USTUVOR VAZIFALAR
янв.21
📊 2026 YILNING 6 OYLIK FAOLIYATI SARHISOBI
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
qonun_targʻiboti O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi O‘RQ-674-I-son “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi hamda yo‘lovchilar va yuklarni tashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
янв.21
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugi deputati Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkaziladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni (2001-yil 30-avgust, 269-II-son) madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda kelajak avlodlarga bezavol yetkazishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📍 Xonadonma-xonadon yurib fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

📍 Xonadonma-xonadon yurib fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Saidova Xafiza tomonidan Novqa mahallasida xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.
O‘rganish davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy, infratuzilmaga oid muammolar, shuningdek, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Ko‘tarilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.
📌 Aholi bilan ochiq muloqot qilish, xonadonma-xonadon yurib mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2