Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni (2001-yil 30-avgust, 269-II-son) madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda kelajak avlodlarga bezavol yetkazishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–996-son Qonuni har bir bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha'ni, qadr-qimmati hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashida tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari tomonidan 2026-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tayyorlangan taqdimotlar (referatlar)ni ko‘rib chiqish boshlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
IJOD VA MA’RIFAT UCHRASHUVLARI BOSHLANADI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-66-14-204-K/26-son qarori bilan tumanda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan adabiy kechalarni tashkil etish loyihasi tasdiqlandi.

Mazkur tadbir doirasida iyul–avgust oylarida yosh shoir va yozuvchilar ishtirokida she’riyat kechalari, kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlar hamda adabiy-madaniy muloqotlar tashkil etiladi. Tadbirlar shamlar yog‘dusi ostida samimiy va ijodiy muhitda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, milliy adabiyotimizni keng targ‘ib etish hamda iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Mas’ullar:

Chilonzor tumani Yoshlar ishlari bo‘limi — R. Hikmatillayev;

Chilonzor tumani Madaniyat bo‘limi — U. Zakirov;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Chilonzor tuman bo‘linmasi — Z. Suyarova.

Slide 1 of 1