👥 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov Doʻstlik mahallasida “Zamonaviy mahalla markazi” loyihasi doirasida barpo etilayotgan bino va inshootlardagi qurilish ishlarining borishi bilan tanishdilar.
🏗 Oʻrganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektlarning loyiha asosida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, masʼullar bilan muloqot qilinib, qurilish ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlash, yaratilayotgan infratuzilmaning aholi manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan fikr almashildi.