Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Uvaysiy saylov okrugi deputati Shoiraxon Madaminova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
ZUXRO MFYDA BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar olib borib, ularning murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan 1-Uvaysiy saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
янв.21
TOSHLOQTEPA MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
OILAVIY AJRIMLAR, ERTA VA QARINDOSHLIK NIKOHLARINING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi. Unda komissiya a’zolari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

🏫 Yig‘ilishda Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Jienbaevning “Oydin yo‘l” MFY hududida yangidan qurilgan 176 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga yuridik maqom berish masalasi yuzasidan hisoboti tinglandi.

💬 Muhokamalar davomida mazkur ta’lim muassasasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Muhokama yakunida masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 2