Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputatlari M.X. Mirzayev va M.S. Mirzayev tashabbusi bilan saylov okrugidagi Navroʻz MFYning chekka hududida joylashgan “Yoʻldosh” shaharchasi aholisi uchun navbatdagi “Sogʻlomlashtirish aksiyasi” tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUROJAATINI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda 6-Xoʻjaporso saylov okrugi deputati Gʻ. Madumarov tomonidan Xoʻjaporso mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERADI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
13-Yoyilma saylov okrugi hududida o‘rganishlar o‘tkaziladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish REJA-JADVALI tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxovning 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldidagi navbatdagi axborot uchrashuvi Yashnobod tumanidagi "Jo‘rabek" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda Yashnobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, partiyaning Yashnobod tuman Kengashi raisi Dildora Mavlyanova, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

🗣 Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan tadbirda deputat Mirzag‘olib Tillashayxov O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq deputatlar yil davomida saylovchilar oldida muntazam axborot berib borishi belgilanganini ta’kidlab, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot taqdim etdi.

📁 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat 3 marotaba Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda 2 marotaba doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘larining samarali sarflanishi, kommunal infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha, ekologiya va aholi farovonligiga oid masalalar muhokamasida faol qatnashdi.

📉 Shuningdek, chorak davomida 4 marotaba saylovchilar bilan uchrashuv va fuqarolar qabullari tashkil etildi. Kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi hamda 1 ta deputatlik so‘rovi yuborildi. Deputat tomonidan yuborilgan so‘rov ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muntazam muloqot olib borilib, ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlari davom ettirilayotgani qayd etildi.

📋 Hisobot davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv, gaz ta’minoti, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat transporti harakati, jinoyatchilikning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni navbatdagi sessiyalar kun tartibiga kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari yuzasidan amalga oshirilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar va takliflarini bildirdilar. Xususan, mahalladagi kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda infratuzilmaga oid ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

✅ Yakunda deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, fuqarolarni o‘z murojaat va takliflari bilan muntazam ravishda deputat qabullarida hamda elektron platformalar orqali faol ishtirok etishga chaqirdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8