Oʻrganishlar davomida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish sifati va kunlik taomnoma asosida tashkil etilishi, yozgi taʼtil davrida bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim bilan bolalarni qamrab olish koʻrsatkichlari, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, yangi qamrovni oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda sohaga oid tegishli hujjatlar, hisobot va maʼlumotlar deputat tomonidan oʻrganildi.
Oʻrganish davomida mavjud holatlar yuzasidan masʼullar bilan fikr almashilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish boʻyicha tavsiya va takliflar bildirildi.