Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugi deputati Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkaziladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni (2001-yil 30-avgust, 269-II-son) madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda kelajak avlodlarga bezavol yetkazishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–996-son Qonuni har bir bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha'ni, qadr-qimmati hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashida tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari tomonidan 2026-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tayyorlangan taqdimotlar (referatlar)ni ko‘rib chiqish boshlandi.
#Doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402-sonli qarori ijrosi yuzasidan Mahallalar uyushmasi Toyloq tumani bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarda aholi bilan ishlash tizimi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, hududlarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Doimiy komissiya tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

#Doimiy_komissiya



Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2