Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUROJAATINI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda 6-Xoʻjaporso saylov okrugi deputati Gʻ. Madumarov tomonidan Xoʻjaporso mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERADI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
13-Yoyilma saylov okrugi hududida o‘rganishlar o‘tkaziladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish REJA-JADVALI tasdiqlandi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
🌳✍️ “YAKKATUT” MFY HUDUDIDA “MENING BOG‘IM” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDAGI MASALA YUZASIDAN TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori talablariga muvofiq, “Ochiq budjet” axborot portalida jamoatchilik fikri asosida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbusni amalga oshirish maqsadida tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, loyiha doirasida 0,41 gektar yer maydonida “Mening bog‘im” barpo etish, uzoq yillik mevali va manzarali daraxtlar hamda butalarni ekish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatish, zamonaviy yoritish hamda sug‘orish tizimlarini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 250 million so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lumot uchun qabul qilindi.

Sessiya davomida Chilonzor tumani hokimi S. Xolxo‘jayev tomonidan mazkur loyiha yuzasidan batafsil axborot berildi. Xususan, loyihaning amalga oshirilish manzili, belgilangan hudud, unda bajarilishi rejalashtirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, loyiha doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Sessiya qaroriga asosan, mas’ul tashkilotlarga loyiha ishlarini amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi hamda qaror ijrosi ustidan nazorat Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal xo‘jalik, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatildi.

Slide 1 of 4