Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Oqdaryo tuman hokimligida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining yettinchi chaqiriqdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi tashkil etildi.
Sessiyani Kengash raisi Akbar Abdusaidov boshqardi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Ilhom Botirov, tuman hokimi Temur Maxmudov, tuman Kengashi deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ullar hisobot berishdi, deputatlar esa ularni atroflicha muhokama qilib, qaror loyihalarini qabul qilishdi.
Shuningdek, sessiya Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etildi.