Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi

  Deputat bilan birga hududdagi 63-son qishloq oilaviy polikliniksi shifokor-xodimlari ishtirokida aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha kengaytirilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida mahalla xotin-qizlari faollari qatnashdi. 

📌 Erta tug‘ruqni oldini olish, bolalarni o‘z vaqtida emlash muolajalariga olib borish, shuningdek yosh oilalarda sababsiz kelib chiqayotgan ajrimlarni oldini olish masalalari muhokama qilindi. 

Davra suhbati yakunida deputat mahallalarda tozalik va ozodalik oyligi davomida aholini faol ishtirok etishiga chaqirdi. Shuningdek mahallada xavfsiz muhitni yaratish va xuquqbuzarlikni barvaqt oldini olish masalasida fikrlar bildirildi. 

📝 Hududda joylashgan 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglar jamoasi va aholi vakillari mevali va manzarali daraxtlar parvarishlanayotgan maktab bog‘i atrofidagi himoya devorini yangilash masalasida deputat Isroiljon Isaqovga murojaat xati yo‘llagan edilar. Deputatning o‘z mablag‘lari hisobidan homiylik yordami ko‘rsatilib, himoya devori yangilab berildi. 

   Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1