Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK–393 sonli qaroriga muvofiq, tumanimizda bir qator ijtimoiy obyektlarda rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maqsud Kazakov tomonidan «Al-Beruniy» oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Loyiha doirasida mavjud 50 qatnovli binoni 1-tipdagi oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi hamda aholi uchun yaratiladigan qulayliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan mazkur loyihalar deputatlik nazoratida bo‘lib, qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 5