Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati tomonidan hududdagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda murojaatlar atroflicha tinglandi.

🔷Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmatlar, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

🔷Har bir murojaat deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔷Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, bildirilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1