Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📌 1-iyuldan O‘zbekistonda qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI

ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR:

🔹Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida
Qonun raqami: №763-I
Sana: 14.04.1999
NNTlar tuzilishi, ularning huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi.

🔹Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-474
Sana: 12.04.2018
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish tartibini belgilaydi.

🔹Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-585
Sana: 02.12.2019
Ko‘ngillilar (volontyorlar) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy maqomini belgilaydi.

🔹 Fuqarolarning o‘zini ozi boshqarish organlari to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-350
Sana: 22.04.2013
Mahalla tizimining huquqiy asoslarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqlarini belgilaydi.

🔹 Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-376
Sana: 25.09.2014
Davlat organlari va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni tartibga soladi.

🔹 Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-443
Sana: 07.09.2017
Fuqarolarning huquqiy axborotni erkin olish va undan foydalanish huquqini kafolatlaydi.

🔹 Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-699
Sana: 05.07.2021
Har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqlarini taʼminlaydi.

🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida
Qonun raqami: №O‘RQ-848
Sana: 16.06.2023
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan bepul advokat va yuridik yordam berish tizimini tartibga

DEPUTAT:
📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga
17-Miskin saylov okrugidan saylangan deputat
Ziyo Parizod Azamat qizi

⚡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1