Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Shuningdek, o‘rganish ishlari davom ettirilib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — shaharda yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan tizimli hamkorligini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ijrosini nazorat qilish maqsadida doimiy komissiya a’zolari sohaga oid tashkilotlarga biriktirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov o‘z saylov okrugidagi Qirguli mahallasining I.Motrudiy ko‘chasi aholisining kadastr masalalariga oid murojaatlari yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni!
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 3-iyul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mahalla “yettilik” faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi:

Mahalla “yettilik” faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugida mahalla “yettilik” faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. O‘rganishda har bir yo‘nalish bo‘yicha erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini kuchaytirish va mahalladagi muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha “yettilik” a’zolariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2