Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Shuningdek, o‘rganish ishlari davom ettirilib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — shaharda yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan tizimli hamkorligini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ijrosini nazorat qilish maqsadida doimiy komissiya a’zolari sohaga oid tashkilotlarga biriktirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov o‘z saylov okrugidagi Qirguli mahallasining I.Motrudiy ko‘chasi aholisining kadastr masalalariga oid murojaatlari yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni!
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 3-iyul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Abdullajonov hamda tuman Kengashi deputatlari Abdurashid Rasulov va Dilshod Tupchibayevlar tumandagi “Katta Ravot” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini o'rgandi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Abdullajonov hamda tuman Kengashi deputatlari Abdurashid Rasulov va Dilshod Tupchibayevlar tumandagi “Katta Ravot” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini o'rgandi.

Shuningdek, deputatlar hududda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiya ajratish mexanizmlarining amaliy natijalari bilan tanishdilar. Muloqotlar jarayonida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif hamda muammolar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga deputatlik nazorati doirasida topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3