#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Juvozxona mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida boquvchisini yo‘qotgan 16 nafar fuqaro uchun individual dasturlar ishlab chiqilgan aholidan 36 nafari doimiy nazoratga olingani hamda ular bilan manzilli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy yordamlar ko‘rsatilgan, 12 ta individual dastur ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan 42 nafar fuqaro va oila bilan ishlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|