Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📌 1-iyuldan O‘zbekistonda qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
MAHALLALARDA DRAYVER LOYIHALAR HAYOTGA TADBIQ ETILMOQDA

 🔹 “Chorbog‘” MFYda stol-stul ishlab chiqarish yo‘nalishi mahallaning asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan. Hududdagi 115 ta xonadon ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib, yiliga 67,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, mahsulotlarning eksport hajmi 1,5 million dollarni tashkil etmoqda. “Boboshbek” MFYdagi bo‘sh maydonda mazkur yo‘nalishda sanoat zonasi tashkil etish bo‘yicha taklif bildirildi va tashabbus qo‘llab-quvvatlandi. 

🔹 Puchug‘oy MFYda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida chorvachilik sohasi jadal rivojlanayotgani, hududda zotdor mollar boqilayotgani qayd etildi. Hozirda 200 ta xonadon ushbu
yo‘nalishda faoliyat yuritayotgani aytildi. Shu bilan birga, mahallada mebelchilik va tikuvchilik sohalarida mehnat qilayotganlar ham ko‘p. Viloyat hokimi mazkur drayver yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
 

🔹 Boboshbek MFYda tadbirkor Ahrorjon Toshmatov tomonidan amalga oshirilayotgan dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining qurilishi ham ko‘zdan kechirildi. 

🔹 “Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan mahsulotlar eksport hajmini oshirish istiqbollari muhokama
qilindi. Turkiyalik mutaxassis ko‘magida mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilib, bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
 

🔹 O‘rganish davomida homiylik mablag‘lari asosida qurilish, ta’mirlash ishlari bajarilayotgan 28-umumta’lim maktabidagi jarayonlar bilan ham tanishilib, amaliy ko‘mak berilishi ma’lum
qilindi.
 

🔹 "Uchko‘prik" MFYda amalga oshirilayotgan renovatsiya dasturi doirasidagi ishlar ham ko‘zdan kechirildi. 

   Sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

🔹 Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko‘prik tumanidagi o‘rganishlar davomida yangi tadbirkorlik loyihalari doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Xususan,
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida «JIUHUI ENERGY RABEE» MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan avtomobil hamda turli xil elektroskuterlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda Xitoy kompaniyasi korxonasida sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonlari olib borilmoqda. Hozirda bu yerda 110 nafar ishchi mehnat qilayotgan bo‘lsa, loyiha
to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 400 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
 

🔹 Erkin iqtisodiy zonada yo‘lga qo‘yilgan yana bir loyiha- laminatlangan DSP va MDF mahsulotlari, tayyor dekorativ qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham
tanishildi. Qiymati 15 million dollarga bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 100 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Viloyat rahbari korxona mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va xorijiy bozorlardagi ulushini ko‘paytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

   Katta Qashqar mahallasida limonchilik issiqxonalari barpo etilmoqda. 

🔹 Viloyat hokimi Uchko‘prik tumanining “Katta Qashqar” mahallasida aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash hamda limonchilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan
issiqxona loyihalari bilan tanishdi. Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida mahallada yoshlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va limonchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi issiqxonalar barpo etilmoqda. Loyiha doirasida 6 gektar maydonda limonchilikka ixtisoslashgan 26 ta issiqxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus asosida 30 nafar yoshga 20 sotixdan yer maydoni ajratilib, ular bandligi ta’minlanadi.
Har bir issiqxona uchun o‘rtacha 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Har bir issiqxonaga 150 tupdan limon ko‘chati ekiladi. Daraxtlar hosilga kirgach, bir issiqxonadan yiliga o‘rtacha 150 million so‘m daromad olish imkoniyati yaratiladi. 

🔹 Issiqxonalarda limondan tashqari qalampir, pomidor, bodring va karam kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ham yetishtirish imkoniyati mavjud. Loyiha to‘liq ishga tushgach, 60 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi. 

   Yangi istiqbolli sanoat loyihalari taqdimot qilindi. 

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar: “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yangi istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 

   Uchko‘prikda zamonaviy shaharcha qad rostlamoqda. 

Uchko‘prik tumanida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov "Bog‘ibo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mazkur hududda zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar qurilib, yangi shaharcha barpo etilmoqda. Ayni paytda mahallada jami 862 xonadondan iborat ko‘p qavatli uylar
qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Dastlabki bosqichlardagi uy-joylar foydalanishga topshirilgan.
    

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1