Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
Zafarobod tumanida 2026 yilda mahallalarda katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi!

Zafarobod tumanida 2026 yilda mahallalarda katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi!
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining qaroriga muofiq.
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida tumanimizda 16 milliard so‘mga yaqin mablag‘ evaziga bir qator loyihalar amalga oshiriladi.

🏘 “Yorqin” va “Lolazor” mahallalarida:
ichki yo‘llar asfaltlanadi
ichimlik suv tarmoqlari tortiladi
tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi
bolalar va sport maydonchalari barpo etiladi
irrigatsiya tarmoqlari quriladi
zamonaviy dam olish maskanlari tashkil etiladi
kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish markazi ochiladi
🏡 Shuningdek, “Birlik” va “Chimqo‘rg‘on” mahallalarida ham yo‘llar, irrigatsiya tarmoqlari va tungi yoritish tizimlari qurilib, infratuzilma yanada yaxshilanadi.
✅ Natijada yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 

Slide 1 of 5