Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov belgilangan ish rejasiga muvofiq Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud aholisining muammolari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qirguli mahallasidagi muammo deputat nazoratiga olindi
янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
“Mening bog‘im” loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi

Andijon shahar Ekologiya bo‘limi tomonidan 2026 yil uchun Andijon shahar “Yaxshi” MFY hududida “Mening bog‘im” loyihasi asosida barpo etiladigan yashil bog‘ uchun rejalashtirilayotgan yer maydoni joyida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi U. Shokirov tomonidan loyiha yuzasidan deputatlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Shunga ko‘ra, belgilangan tartibda doimiy komissiya qarori qabul qilinib, masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Yig‘ilishda Kengash raisi R. Ziyayev, kotibiyat mudiri B. Mo‘ydinov, komissiya a’zolari hamda deputatlar иштирок etdi.

Yashil makon — sog‘lom kelajak!
Tabiatni asrash barchamizning vazifamiz!

Slide 1 of 3