Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan G‘alatoy mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Sahovat mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganildi.
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva hamda tuman Kengashi deputatlari K.Abbosxonova va A.Dadajonov tomonidan Tagijar mahallasi hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida deputatlik o‘rganish tahlili o‘tkazildi.

👥 O‘rganish jarayonida tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari, mahalla yettiligi a’zolari hamda faol fuqarolar ishtirok etib, hududdagi mavjud holatlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🛣 O‘rganish davomida mahalla hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligi bilan bog‘liq ayrim muammolar aniqlandi. Xususan, maktab qarshisida transport vositalari tez harakatlanishi o‘quvchilar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, mahalla hududidan o‘tgan asosiy yo‘lning ayrim xavfli burilish nuqtalarida muhofaza vositalarining yetarli emasligi qayd etildi.

Slide 1 of 3