Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov belgilangan ish rejasiga muvofiq Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud aholisining muammolari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qirguli mahallasidagi muammo deputat nazoratiga olindi
янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva hamda tuman Kengashining 12-Buloqboshi saylov okrugi deputati D.Isaqov tomonidan tumandagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish jarayonida FHDYo bo‘limi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim holatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari hamda raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishildi.

📊 Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda 588 ta nikoh arizasi qayd etilgan bo‘lib, 149 ta nikohdan ajrashish holati rasmiylashtirilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 4