Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov belgilangan ish rejasiga muvofiq Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud aholisining muammolari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qirguli mahallasidagi muammo deputat nazoratiga olindi
янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
Xavfsizlik – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tumanda 2026-yilning I choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Sessiyada tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining hisoboti eshitilib, yong‘inlar profilaktikasi, aholi xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Deputatlar tomonidan xavfsizlikni ta’minlash faqat xizmatlarning emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5