Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari N.Tajibayev va J.Urazbayev nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amalda qo‘llanilishi holatini o‘rganishni boshladi.
🧠 Dastlab Taxiatosh tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘linib, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹 ko‘zi ojizlar uchun yo‘naltiruvchi yo‘lakchalar;
🔹 panduslar va kirish-chiqish qulayliklari;
🔹 Brayl alifbosidagi axborot vositalari;
🔹 markaz xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
📌 O‘rganishlarning asosiy maqsadi nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun yaratilgan sharoitlarning amaldagi holatini baholashdan iborat.
🔍 O‘rganish ishlari davom etmoqda.