O‘rganish davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda turli loyiha va dasturlarga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faoliyat samaradorligini yanada oshirish, yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini takomillashtirish hamda ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.