Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyatini o‘rgandilar
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov hamda deputat A.Mahkamov tomonidan Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasi va kommunal xizmatlar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarov bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
янв.21
"Ochiq budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B.Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Domilayev tomonidan Zuhro mahallasida "Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
ICHIMLIK SUVI — HAYOT MANBAI

ICHIMLIK SUVI — HAYOT MANBAI

O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suvlarni xavfsiz chiqarib yuborish hamda ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq:

♾ Aholining belgilangan sifatdagi ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kafolatlanadi;
♾ Ichimlik suvining sifati doimiy nazorat qilinadi;
♾ Suv ta’minoti va oqova suv tizimlarining xavfsiz hamda uzluksiz ishlashi ta’minlanadi;
♾ Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi;
♾ Suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish targ‘ib etiladi.

Har bir fuqaro ichimlik suvidan oqilona foydalanishi, suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi hamda mavjud tarmoqlardan qonuniy foydalanishi lozim.