Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari yigirma oltinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Miltiqsoz MFYda Baraka ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Bahrin MFY Shakarjonov va Oʻrda tagi MFY Taron bozor ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan “Yoyilma” MFY hududidagi Asilobod, Saxiy Buxoriy, To‘ralar va Temur Malik ko‘chalarining holati o‘rganildi.
янв.21
Marg‘ilonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

              Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi. Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari, shuningdek, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ishtirok etdilar. Jumladan, 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan hamda amalda to‘langan
mablag‘lar, shuningdek, soliq qarzdorligini qisqartirish masalalari muhokama qilindi. Bu borada Jalaquduq tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A. Sobirovning hisoboti eshitilib, budjet tushumlarini ta’minlash va soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi.
Shuningdek, tuman maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘limi rahbari G. Sayidovaning hisoboti tinglandi. Unda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, pedagoglar salohiyatini oshirish, o‘quvchilarning fan olimpiadalari va turli tanlovlardagi ishtiroki, shuningdek, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza
etish masalalari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari v.b. D. Begalievning hisoboti eshitildi. Shu bilan birga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish,
ko‘kalamzorlashtirish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i A. Kimsanboev axborot berdi. Sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, 2026 yil uchun tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatni
tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i B. Davronovning ma’lumoti tinglandi.
Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida 2026 yil uchun manzilli ro‘yxat bo‘yicha kelishuvga erishildi. Sessiya yakunida
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
 

   

Slide 1 of 11