Hududni rivojlantirish dasturida xorijiy til bo‘yicha sertifikatga ega (B2 va undan yuqori) o‘qituvchilar ulushini 92 foizga yetkazish belgilangan. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Yoqubov Sarmich mahallasidagi 3- va 18-sonli maktablarida ushbu dastur asosida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O'rganish davomida maktablardagi xorijiy til fani o‘qituvchilarini malaka darajasi, xalqaro sertifikatga ega pedagoglar soni hamda sertifikat olish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi, o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi
Hududiy dasturda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro sertifikatga ega pedagoglar ulushini ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi