O‘rganish jarayonida fuqarolarga davlat xizmatlarini tezkor va qulay tarzda ko‘rsatish, ortiqcha ovvoragarchiliklarning oldini olish, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonlari ham tahlil qilindi.
Deputat tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar mas’ullariga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati